“Asaka Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi” sizga eng yaxshi ta'lim, bilim va malakaviy tajribani beraoladigan maskan
1980- yil Asaka tibbiyot bilim yurti tashkil topgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 13- maydagi № 203 qarori bilan Asakada Respublikada birinchilardan bo’lib tibbiyot bilim yurti yangi turdagi tibbiyot kollejiga aylantirilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlat to’g’risida”gi PF-5812-sonli qaroriga muvofiq Asaka tibbiyot kolleji sifatida faoliyatini davom ettirdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-197-sonli qaroriga asosan Asaka tibbiyot kolleji Asaka Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi etib qayta tashkil etildi.
Asaka Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi sizga ertangi yuksalish uchun ilm va kuch beradi. Biz sizga o‘rganishingiz va o‘sishingiz mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlarni taqdim etamiz! O‘zingiz maqsad qilgan kelajakni yaratish uchun zamonaviy 5 ta mutaxassislikdan aynan sizga kerakligini tanlashingiz mumkin.
170020. Andijon viloyati Asaka tumani Binokor ko’chasi 1-A-uy.