📣⚡️MILLIY LIBOSLAR KUNI videorolik 🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi 🏢 Asaka Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Milliy liboslar targʻiboti keng miqyosda oʻzgacha koʻtarinkilik bilan olib borilmoqda. Milliy liboslar – xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va an’analarining ifodasi, ajdodlarimiz didi va estetik qarashlarining yorqin aksidir. Ular nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy ruh va o‘ziga xoslik timsoli hamdir. Shu bois, bugungi kunda yoshlar orasida milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning jozibasini keng targ‘ib etish nihoyatda muhim.